avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

MENING BOBOM VA BUVIM MAHALLAMIZ FAXRI

Маънавият
                 “Qaysi xonadonda nuroniy otaxon yoki onaxon bo’lsa, bu oilada albatta, fayz-u-baraka,farovonlik,ahillik bo’lishini barchamiz yaxshi bilamiz”.
(I.Karimov)
                                       Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, barcha jabhalardagi keng ko’lamli o’zgarishlar zamirida inson va uning manfaatlari, oilalarimiz farovonligi,o’sib kelayotgan avlod hech kumdan kam bo’lmay o’sishiga erishishdek ezgu maqsadlar mujassam .  Mzandlara’naviy hayotimizning chirog’I ota-ona o’zini ona tilini, vatanini anglab voyaga yetayotgan farzandlar asl gavhar, ertangi kunimizning sohibi davronlari. Aslida istiqlolga erishgan kundan boshlab, ezgulik, yaxshilik,mehr-oqibat, ahillik ,totuvlikni umrimizning mazmuni deb bildik. Eng asosiysi, bizning maqsadlarimiz olijanob.  Amalga oshirgan tadbirlarimiz  turmushimizni farovon qilish, yurtimizni obod etish, obro’-e’tiborini yuksaltirish, eng muhimi, inson  manfaatlarini ulug’lash, uning qadr-qimmati va hurmatini joyiga qo’yish. Shu ma’noda har bir yilimiz inson uchun, uning baxt-u –saodati uchun xizmat qiladi, desak aslo mubolag’a bo’lmas.
                                   Prezendentimiz tomonidan Konstitutsiyamizning qabul qilinganligining 22-yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda 2015-yilni mamlakatimizda  “Keksalarni e’zozlash yili”, e’lon qilinishi  ham inson va uning hayotga bo’lgan g’amxo’rlik va e’tiborning amaldagi namunasi sifatida  yurtimiz tarixi zarvaraqlarida muhrlanib  qolishi shubhasiz. 2015-yilni  “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilinganligi bejizga emas. Bu bilan ezgulik yanada ulug’vor darajaga ko’tarildi. Zotan keksalarimiz xonadonlarimiz ko’rki, uning obro’si avloddan-avlodga o’tib kelayotgan qadryatlarimiz –u an’analarimiz, bebaho merosimizning donishma’no egalaridir. Ularning har bir so’zi hikmat, bosib o’tgan yo’li saboq. Mening bobom shu yil 74-yoshni qarshilaydilar. U kishi ham hayoti  davomida ko’pni ko’rgan odam. Hozirda nafaqadalar.Qishlog’imizdagi barcha odamlar bobomni hurmat qilishadi. Bobom ochiq ko’ngil, samimiy,duogo’y insonlar. Mening bobom shoir, shifokor,yozuvchi, olim emas, oshpaz bo’lib faoliyat yuritganlar. Ko’pni ko’rgan bobom doim bizni duo qiladilar. Bobom bilan ko’proq suhbat qilishga, ulardan ko’proq narsalarni o’rganishga harakat   qilaman. Bobom menga hayotni qadriga yetishni, insonlarni qadrlashni, Olloh tomonidan  berilgan umrni mazmunli o’tkazishni  ,savob ishlarni  ko’proq qilishni o’rgatadilar. Bobom menga olim bo’lmasang ham  yaxshi odam bo’l, deb aytadilar. Har gal bobom duosini olar ekanman o’zimda yaxshi fazilatlarni mujassamlashtirishga harakat qilaman. Bobomga uzoq umr va sihat-salomatlik tilayman.
                                          Mening buvim ko’p yillar davomida qishlog’imizdagi maktabga o’qituvchi bo’lib faoliyat olib borganlar. U kishiga havas qilaman,chunki  men ham buvimdek jonkuyar o’qituvchi bo’lishni xohlayman. Hozirda buvim nafaqadalar. Qishloqdagi hamma  ularni hurmat qiladi va ustoz bobom va buvimga o’xshagan keksa otaxon-u onalarimiz ko’p. Buvim bilan ko’chalarda birga yurganimda faxrlanib ketaman, chunki hamma u kishiga “Assalom-u alaykum ustoz,sog’ligingiz yaxshimi?” deb so’rashadi. Shundan hurmatga sazovor buvim borligidan faxrlanib ketaman. Buvim mehribon, oqila, ajoyib farzandlar onasi. Buvim uyda bo’lmasalar bizning ham uyga kirgimiz kelmaydi. Bobom bilan buvim uyumiz farishtasi, xonadonimiz ko’rki.
                                     Prezidentimiz Konstitutsiya bayramidagi ma’ruzasida har qanday jamiyatning Yoshi  insonlarga bo’lgan e’tibori va g’amxo’rligi uning ma’daniy darajasini belgilashini, soda qilib aytganda, keksalarni hurmat-ehtirom qilish, mehr-oqibat ko’rsatish ma’naviy hayotimizning tom ma’noda ajralmas qismiga aylanganini alohida ta’kidladi.
                                     Har gal xulosa o’rnidagi fikrimni-Vatanimiz  kelajagi sog’lom  va barkamol avlod qo’lidadir, — deya bot-bot ta’kidlab yakunlardim. O’ylab qarasam, hamma kelajagimizning tinch va osoyishta bo’lishi, har bir kunimiz farovon o’tishi uchun qo’llari duodan tushmaydigan nuroniylarimizda ekan. Axir, “Oltin olma, duo ol “,-deya bejizga aytishmagan.  Zero, nuroniylarga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatish, og’irini yengil qilish, ularni qadrlash va e’zozlash, har birimizning ham insoniy, ham farzandlik burchimizdir.
 
 
 
 
KOSON TUMANI 80-UMUMIY O’RTA TA’LIM
MAKTAB   IX A – SINF O’QUVCHISI
PARDAYEVA MADINANING
“MENING  BOBOM VA BUVIM MAHALLAMIZ FAXRI”
MAVZUSIDA YOZGAN INSHOSI.